Rasman. "Marsel" Timberni o'z safiga qo'shib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23

"Feyenoord" yarim himoyachisi Kvinten Timber "Marsel"ga o'tdi.
24 yoshli futbolchining shartnoma shartlari oshkor etilmagan. Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, niderlandiyalik futbolchi uchun 4,5 mln evro to'langan. Shuningdek, kelishuvda erishish qiyin bo'lgan bonuslar ham ko'zda tutilgan.
Kvinten "Arsenal" himoyachisi Yurrien Timberning egizak akasi. Xavbek joriy mavsum Erediviziyada 17 ta o'yinda 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
279