80 yoshli Luchesku yuragi bilan bog'liq muammolar tufayli kasalxonaga yotqizildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 935

Ruminiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mircha Luchesku yuragidagi muammolar tufayli shoshilinch ravishda shifoxonaga yotqizildi.
Shifokorlar qo'shimcha tekshiruvlar o'tkazish uchun zudlik bilan kasalxonaga yotqizishga qaror qilishdi.
"Men kasalxonaga yotqizildim, bu haqiqat. Yil boshida bir muddat shifoxonada bo'ldim, keyin menga javob berishdi. Ammo bu vaqt ichida kuchli grippga chalinib, yana kasalxonaga yotishga majbur bo'ldim, chunki isitmam ham baland edi, 39 daraja.
Shifokorlar nazoratida turibman, umid qilamanki, tezda sog'ayib ketaman", - dedi "Inter", "Shaxtyor" va "Zenit" klublarining sobiq ustozi Luchesku.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
284