Tennischi Kamilla Rahimova nima uchun O'zbekistonga o'tganini tushuntirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 467

Avval Rossiya sharafini himoya qilgan, jahon reytingida 93-o'rinda borayotgan tennischi Kamilla Rahimova "First&Red"ga bergan intervyusida O'zbekiston terma jamoasiga o'tish qarorini qanday qabul qilgani haqida so'zlab berdi.
U o'tgan yil dekabr oyida sport fuqaroligini o'zgartirdi.
— Aslida menga O'zbekiston federatsiyasidan murojaat qilishdi. O'zbekistonda tennisni rivojlantirishga yordam berish haqida taklif bo'ldi. Uzoq o'yladim, tarozuga solib ko'rdim. Bu men uchun juda muhim qadam edi. Men butun yuniorlik faoliyatim davomida Rossiya uchun ishtirok etganman. Afsuski, Fed Cup’da o'ynamaganman, ya'ni rasman «bog'lanib qolmaganman». Shuning uchun ham, o'ylaymanki, menga shunday taklif bilan chiqishgan. Biz o'ylab ko'rdik, mulohaza qildik va men bu qarorga kelishga rozi bo'ldim. Karera bitta, undan barchasini olishni istaysan. Qolaversa… O'zbekiston men uchun mutlaqo begona mamlakat emas. Onam o'sha erdan, u erda qancha yil yashagan — taxminan 25 yilcha, buvi-buvalarim ham o'sha erda. Bolaligimda u erga tez-tez borib turardim, ko'p vaqt o'tkazganman. Shuning uchun «ha» dedim.
— Bu qarorni qabul qilishdan oldin uzoq o'yladingmi?
— Taxminan, bilmadim, to'rt oycha.
— Bu masalani oilang bilan muhokama qildingmi yoki faqat o'zing o'ylab hal qildingmi?
— Albatta, muhokama qildim — ham oilam bilan, ham jamoam bilan. Lekin, ehtimol, ko'proq oilam bilan. Baribir eng muhim so'z men tomondan aytildi.
— His-tuyg'ularda qandaydir o'zgarish bormi? Balki kortda nimadir o'zgargandir? Yoki hammasi avvalgidekmi?
— Faqat hozir anglab etdimki, nazarimda, kecha mening birinchi rasmiy o'yinim bo'ldi. Chunki yil oxirida ham o'ynaganman, ammo O'zbekiston matbuot xizmati men o'tganim haqida xabarni e'lon qilgandi. O'sha turnirni esa hali bayroqsiz o'ynaganman va uni yutganman («Chellendjer» Anje shahrida). Lekin mukofotlash marosimida O'zbekiston elchisi qatnashgan edi. Bu yangilik barcha kanallar, barcha OAVlar orqali tarqaldi. Shundan keyin boshqa turnirlar bo'lmadi, demak kechagi o'yin birinchi bo'ldi. Faqat qo'llab-quvvatlash va e'tibor biroz ko'paydi. Chunki sen mamlakatning o'ninchi raketkasi bo'lsang, sendan nimadir kutishadi. Nimadir istashadi, qaerdadir tanqid qilishadi, qaerdadir muhokama qilishadi — hayot shunday.

Bosh sahifaga
289