"Yuventus" koronavirusdan qo'rqmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 555

Turinning "Yuventus" klubi koronavirus Italiyada keskin avj olishiga qaramasdan, uy uchrashuvlarini muxlislar qarshisida o'ynash niyatida ekanligini klub matbuot xizmati tasdiqlamoqda.
Hukumat rahbarlari mamlakatning amaldagi chempioni va "Torino" klublari joylashgan Pemont hududida koronavirus bilan zararlangan hududlarga nisbatan cheklovlarni olib tashlagan.
Shu tariqa, muxlislar Italiya Kbuogi 1/2 final javob uchrashuvi doirasida 4 mart kuni bo'lib o'tadigan "Yuventus" hamda "Milan" klublari o'rtasidagi uchrashuvni stadionda bevosita tomosha qilishlari mumkin.
Lombardiya, Veneto, Emiliya-Romanya, shuningdek, Savona va Pezaro-e-Urbino provintsiyadagilar "Torino" klubining 7 mart kuni "Udineze" klubiga qarshi bo'ladigan uchrashuvida stadionga tashrif buyurishlari mumkin.

Bosh sahifaga
214