"Lids" "Vulverxempton" forvardiga taklif bilan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22

"Vulverxempton"ning norvegiyalik hujumchisi Yorgen Strann Larsen Premer-liganing boshqa klubiga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Mayk Makgrat xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Lids" allaqachon Strann Larsenga rasmiy taklif yuborgan. Bu bosqichda kelishuvga erishilmagan, klublar o'zaro muzokaralar olib bormoqda. Avvalroq, hujumchini "Kristal Pelas" kuzatib borayotgani xabar qilingandi.
Ta'kidlanishicha, 25 yoshli goleadorning xizmatlariga "Nottingem Forest" va "Vest Xem" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, "Vulverxempton" Strann Larsen uchun taxminan 46 million evro so'ramoqda.
Joriy mavsumda forvard barcha musobaqalarda 24 ta o'yinda 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
277