"Arsenal" yangi himoyachi topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 583

Braziliyaning "Korintians" klubiga tegishli bo'lgan 16 yoshli himoyachi Yago Machado Angliya premer-ligasining top-klubida ishlash imkoniyatiga ega. Bu haqda Globo jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, kelajagi porloq futbolchini Londonning "Arsenal" klubi o'z safiga qo'shib olmoqchi.
"Kanonirlar" Angliya premer-ligasida 22-turdan keyin peshqadamlik qilmoqda. Mikel Arteta shogirdlari 50 ochko jamg'arib, 2-o'rindagi "Manchester Siti"ni 7 ochkoga ortda qoldirmoqda.
"Arsenal" chempionatning navbatdagi o'yinini o'z maydonida "Manchester Yunayted"ga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 25 yanvar, yakshanba kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
495