"Tottenxem" Bundesliganing 20 yoshli yarim himoyachisini kuzatib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 622

"Ayntraxt" klubi hujumkor yarim himoyachisi Djan Uzun Londonning "Tottenxem" klubi kuzatuviga tushdi. Ushbu ma'lumot CaughtOffside tomonidan ulashilgan.
Manbaga ishonadigan bo'lsak, "shporlar" Germaniyada juda sifatli mavsum o'tkazayotgan 20 yoshli Uzunni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Hozirdanoq uni Evropa futbolining bo'lajak yulduzi deb hisoblashmoqda.
Joriy mavsumda Uzun barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 20 ta o'yinda maydonga tushib, 8 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Uzunning "Ayntraxt" bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt ekspertlari futbolchining narxini 45 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
431