"Liverpul" Salohdan shartnomani oxirigacha ishlab berishni talab qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 545

"Liverpul" hujumchi Muhammad Salohni yo'qotmoqchi emas.
Jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, "qizillar" misrlik futbolchidan 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan amaldagi shartnomasini oxirigacha ishlab berishni talab qilmoqda. Biroq, Saudiya Arabistoni jamoalari forvardni ertaroq qo'lga kiritishga intilmoqda. Futbolchining atrofidagilar Saudiya rasmiylari bilan uchrashuv o'tkazishdi va Salohning joriy mavsum yakunlanganidan keyin ketishi barcha tomonlarni qoniqtirishi mumkin.
Muhammad Saloh 2017 yilda "Roma"dan 42 million evro evaziga "Liverpul"ga o'tgan edi. Joriy mavsumda misrlik futbolchi "qizillar" safida 21 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
431