Duglas Luis yana uchta klubni qiziqtirib qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 573

Turinning "Yuventus" klubi braziliyalik xavbeki Duglas Luis bir necha klublar qiziqishlari doirasida. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.
Insayder ma'lumotiga ko'ra, futbolchini Amsterdamning "Ayaks", Birmingemning "Aston Villa" va Braziliyaning "Vasko da Gama" klublari o'z safiga qo'shib olmoqchi. Joriy mavsumda yarim himoyachi "Nottingem Forest"da ijarada o'ynamoqda.
Luisning "o'rmonchilar" bilan ijara shartnomasi joriy yilning iyun oyi oxirida o'z nihoyasiga etadi. Duglasning bozor narxi 25 million evroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi APLda 8 ta uchrashuv o'tkazib, 2 ta sariq kartochka oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
431