«Dinamo» ganalik yarim himoyachi transferini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 347

«Dinamo» jamoasi Dubaydagi yig'in doirasida o'tkazilgan ko'rikdan keyin yana bir legioner futbolchi bilan kelishuvga erishdi.
2026 yilgi mavsum oldidan jamoa tarkibini kuchaytirish ishlari olib borilmoqda. Ganalik 30 yoshli yarim himoyachi Kingsli Sarfo «Dinamo» PFK bilan erkin agent sifatida bir yillik shartnoma imzoladi.
Markaziy yarim himoyachi so'nggi to'rt yilda Kiprning APOEL klubi sharafini himoya qilgan bo'lsa, undan oldin «Nikosiya», Shvetsiyaning «Malmyo» va «Sirius» jamoalari sharafini ham himoya qilgan. U EChL, Evropa ligasi va Konferentsiyalar ligasi saralash va asosiy bosqichida ham maydonga tushgan.
Manba: «Dinamo» matbuot xizmati.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
422