"Atletiko" hujumchisi Turkiya chempionatiga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 477

"Galatasaroy" "Atletiko"ga Tyago Almadani ijaraga olish uchun 3 mln evrodan ko'proq mablag' taklif qildi, deb xabar bermoqda jurnalist Santi Auna.
Turk klubi forvardning maoshini to'liq qoplab berishga tayyor. Sotib olish varianti hali ham muhokama qilinmoqda.
Argentinalik "Galatasaroy" loyihasiga katta qiziqish bildirmoqda va allaqachon bosh murabbiy Okan Buruk bilan suhbatlashgan. O'yinchi transferga rozilik berdi.
Almada "Atletiko"ga o'tgan yilning yozida "Botafogo"dan 21 mln evro evaziga o'tgan edi. Futbolchi "matraschilar" bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
La Liganing joriy mavsumida 24 yoshli Almada 12 ta o'yinda 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
427