"Galatasaroy" "Napoli" bilan kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 362

Noa Lang faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.
"Galatasaroy" va "Napoli" yarim himoyachini 2 million evro evaziga ijaraga olish bo'yicha kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano. Istanbul klubi futbolchini 30 mln evroga sotib olish huquqiga ega bo'ladi.
Futbolchi bugun Turkiyaga yo'l olishi kutilmoqda.
Lang 2025 yilning iyulida 25+2 million evro evaziga PSVdan "Napoli"ga o'tgandi. U A Seriya doirasida 18 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
420