"Bavariya"ning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi nomi ma'lum. U Keyn emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 304

Myunxenning "Bavariya" klubida qaysi futbolchi eng ko'p maosh olishi ma'lum bo'ldi.
Jurnalist Kristian Falkning yozishicha, ayni damda "Bavariya"da eng ko'p maosh oluvchi futbolchi hujumkor yarim himoyachi Jamol Musiala hisoblanadi. Manbaga ko'ra, xavbekning maoshi barcha bonuslar bilan birga yiliga qariyb 30 million evroni tashkil etadi. Qayd etilishicha, jamoaning yulduz forvardi Xarri Keyn ham bundan kamroq maosh oladi.
Bu mavsumda 22 yoshli Musiala Germaniya chempionatida faqat bitta o'yinda ishtirok etdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Aytish kerakki, yanvar oyiga qadar xavbek og'ir jarohatini davolagan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
398