MLS va Saudiya Arabistonining qiziqishi fonida Levandovskining rejalari ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 352

Hujumchi Robert Levandovski "Barselona"ni yarim yildan so'ng tark etishi mumkin. 37 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirida o'z nihoyasiga etadi. Uzoq vaqtdan beri polshalik forvardga MLS va Saudiya Arabistonidan jiddiy talab borligi ma'lum. Shu bilan birga, jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, hujumchining o'zi hamon "Barselona"da kamida yana bir yil qolishga umid qilmoqda. Yulduz faxriy Kataloniya grandi bilan mehnat shartnomasini uzaytirishni muhokama qilishga tayyor.
Robert Levandovskiga da'vogarlar orasida "Chikago Fayr", "Al-Ittihod" va "Ash-Shabab" klublari bor. "Ko'k-anorranglilar" safida futbolchi 2022 yilning yozidan buyon to'p tepib kelmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
437