Ndidining «Manchester Yunayted»ga o'tishi bo'yicha yangi insayd paydo bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 323

«Beshiktosh» yarim himoyachisi Uilfred Ndidi Angliya chempionatiga qaytishi mumkin. Nigeriyalik futbolchiga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Fabritsio Romanoning so'nggi ma'lumotlariga ko'ra, «Yunayted» Ndidi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini allaqachon kelishib olgan. Biroq hozircha «qizil iblislar» tomonidan «Beshiktosh»ga rasmiy taklif yuborilmagan.
Joriy mavsumda Ndidi «Beshiktosh» safida 14 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Turkiyaga yo'l olishidan oldin Uilfred «Lester» jamoasida to'p surgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
456