“Al-Ahli” Vinisiusga 1 mlrd evrolik shartnoma taklif qildi — Ben Jeykobs
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3821

Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubi “Real Madrid” hujumchisi Vinisius Juniorga 1 milliard evrolik shartnoma taklif qildi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma'lum qilgan.
Manbaga ko'ra, “Al-Ahli” 25 yoshli braziliyalik futbolchini yozgi transfer oynasi vaqtida o'z safiga qo'shib olishni maqsad qilgan. Ayni paytda tomonlar ehtimoliy transfer yuzasidan muzokaralar olib bormoqda. Agar futbolchi va Jidda klubi kelishuvga erisha olsa, futbolchi yozda faoliyatini Saudiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Avvalroq Vinisius “Real”da qolish istagini bildirgan va klub bilan shartnomani uzaytirishga tayyor ekanini aytgandi. Biroq saudiyalik investorlarning qat'iy pozitsiyasi vaziyatni o'zgartirishi mumkin.
Ma'lumot o'rnida Vinisius Junior 2018-yilda “Flamengo”dan “Real”ga 45 million evro evaziga ko'chib o'tgan. Joriy mavsumda hujumchi “qirollik klubi” jami 30 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 7 ta gol va 11 ta golli uzatma yozdirib qo'ygan. Futbolchining “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali Vinisiusning bozor qiymatini 150 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
462