Ximenes: "Modrich - mening qo'shnim"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 219

"Milan"ning meksikalik hujumchisi Santyago Ximenes o'tgan yozda jamoaga kelib qo'shilgan Luka Modrich bilan qo'shni ekanligini aytdi.
"Modrich mening qo'shnim, u ispan tilida gaplashadi va shuning uchun biz ko'p muloqot qilamiz. U ba'zan ba'zi narsalarni so'rab bizga murojaat qiladi. Bu birinchi marta sodir bo'lganida, oilam undan surat so'radi. Ular uning biz bilan ekaniga ishonishmasdi. Modrich - haqiqiy etakchi va jamoani qo'llab-quvvatlaydigan o'yinchi," - deya Ximenesning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o'tamiz, Ximenesning o'zi "Milan"da roppa-rosa bir yildan buyon to'p tepib kelmoqda - u klubga o'tgan yilning qishida ko'chib o'tgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
366