Rossiyalik xavbek La Liga klubiga endi kerak emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149

"Real Sosedad"ning rossiyalik yarim himoyachisi Arsen Zaxaryan qishki transferlar davrida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda COPE nashri ma'lumot berdi.
Manbaga ko'ra, Zaxaryan va yana bir necha futbolchi jamoaning yangi bosh murabbiyi Pellegrino Mataratstsoga kerak bo'lmay qolgan. Mutaxassis allaqachon Zaxaryan bilan shaxsiy suhbatda uning rejalariga kirmasligini aytgan.
"Real Sosedad" 22 yoshli yarim himoyachini 2023 yilning yozida "Dinamo"ga 13 million evro to'lab, transfer qilgandi. Joriy mavsumda rossiyalik futbolchi barcha musobaqalarda 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi.
Zaxaryanning "Real Sosedad" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
391