"Chelsi" argentinalik yulduziga o'ta katta narx qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 156

Londonning "Chelsi" klubi argentinalik yarim himoyachisi Entso Fernandes joriy mavsum yakunlangach jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, "PSJ" kelasi yozda "Chelsi"ga katta taklif bilan chiqishga tayyorlanmoqda. Shu bilan birga, "Real" Fernandesni kuzatishni to'xtatgani qayd etilgan. Ta'kidlanishicha, "ko'klar" o'z yarim himoyachisini 100-140 million evroga qo'yib yuborishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, 2023 yilda "Chelsi" Fernandesni "Benfika"dan 121 million evroga sotib olgan edi. Joriy mavsumda 25 yoshli xavbek barcha musobaqalarda 32 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
362