"Kristal Pelas" Matetaga o'rinbosar tanladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26

"Vulverxempton" klubi markaziy hujumchisi Yorgen Strand Larsen faoliyatini "Kristal Pelas"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalistlar Ben Jeykobs va Aleks Kruk xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "burgutlar" Strand Larsenning ehtimoliy transferi bo'yicha "bo'rilar" bilan muzokara o'tkazgan. Poytaxt klubidagilar norvegiyalik futbolchi jamoani tark etmoqchi bo'lgan Jan-Filipp Matetaning o'rnini bosa olishiga ishonishmoqda. Bitim summasi 46 million evroni tashkil etishi mumkin.
Joriy mavsumda Strand Larsen barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 24 ta uchrashuvda qatnashib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
366