"Real" va "Bavariya" 115 mln evroga baholangan "Tottenxem" futbolchisiga da'vogarlik qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 207

"Tottenxem" markaziy himoyachisi Mikki van de Ven yaqin kelajakda klubini o'zgartirishi mumkin.
"Shporlar" 24 yoshli futbolchi uchun katta narx belgiladi - 100 mln funt (taxminan 115 mln evro). Jurnalist Ekrem Konurning ma'lum qilishicha, niderlandiyalik futbolchini sotib olish imkoniyatini "Real" va "Bavariya", shuningdek, "Manchester Yunayted" va "Liverpul" klublari ko'rib chiqmoqda.
Mikki van de Ven "Tottenxem" bilan yangi shartnoma imzolashni istamayapti - u o'zini yanada ambitsiyali klubda sinab ko'rmoqchi. Transfermarkt portali ekspertlari markaziy himoyachining narxini 65 mln evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
353