De Dzerbi Raboni sog'inadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27

"Marsel"ning italiyalik ustozi Roberto de Dzerbi sobiq shogirdi Adrien Rabo haqida iliq fikrlar bildirdi. Hozirda frantsiyalik futbolchi "Milan" sharafini himoya qilmoqda.
"Rabo - universal. Himoyalanishni, hujum qilishni, yorib o'tishni biladi. U ajoyib yigit. U bizga Chempionlar ligasiga chiqishga yordam berdi, aynan uning o'yini ko'pincha hal qiluvchi omilga aylandi," - deya de Dzerbining so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Kuni kecha Rabio "Milan" safida ilk dublini qayd etib, "Komo" darvozasiga ikkita to'p kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
363