Jasurbek Jaloliddinov: «Milliy jamoaga chaqiruv olish har bir futbolchi uchun g'urur va sharaf»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 561

O'zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi mashg'ulotlarga kirishdi. Yig'inda ishtirok etayotgan Jasurbek Jaloliddinov terma jamoaga chaqiruv, mashg'ulotlar va keyingi rejalar haqida fikr bildirdi.
"Avvalo milliy jamoaga chaqiruv olish har bir futbolchi uchun g'urur va sharaf. Bundan juda ham xursandman. Har bir futbolchi kabi murabbiylarning ishonchini oqlashga maksimal harakat qilamiz.
Murabbiy mashg'ulotda yangi futbolchilarga o'zi istagan narsalarni tushuntirishga harakat qilmoqda. O'ylaymanki, biz murabbiyni tushungan holda kundan-kunga holatimizni yaxshilab boramiz", — dedi Jaloliddinov.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
269