"Real Madrid"ning bir qator futbolchilari tez orada safga qaytishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 631

"Real Madrid" rasmiy veb-saytida sog'ligi bilan bog'liq muammolarga duch kelgan futbolchilarining holati haqida ma'lumot joylashtirdi.
Himoyachi Raul Asensio va hujumchi Rodrigo payshanba kuni to'liq guruh mashg'ulotlarining bir qismida ishtirok etishdi.
Ular tez orada to'liq jismoniy holatga qaytishlari kutilmoqda. Himoyachilar Eder Militao, Ferlan Mendi va Trent Aleksandr-Arnold reabilitatsiya dasturlarini davom ettirmoqdalar, Antonio Ryudiger esa yopiq zalda mashg'ulot o'tkazmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
250