"Roma" rahbariyatida o'zgarish bo'lmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 744

Calcio e Finanza nashrining xabar berishicha, "Roma" egasi Den Fridkin "djallorossi" bilan moliyaviy aloqalarini mustahkamlashda davom etmoqda.
Manbaga ko'ra, 22 yanvar kuni klub yig'ilishi bo'lib o'tdi va unda kapitalni yanada oshirish tasdiqlandi.
Umumiy summa 650 million evrodan 800 million evrogacha oshdi va moliyaviy bitimning yakunlanish muddati 2026 yil 31 dekabrgacha uzaytirildi.
Ta'kidlanishicha, "Roma"ning amerikalik egasi klubga qariyb 1 milliard evro sarmoya kiritgan holda, klubning moliyaviy barqarorligi va xarajatlarini qoplashni kafolatlashda davom etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
280