"Atletiko" "PSJ" hujumchisini nishonga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7481

"Atletiko" Xulian Alvares ketadigan bo'lsa, yangi hujumchi qidirmoqda. Madrid klubi "Pari Sen-Jermen" forvardi Gonsalu Ramushni nishonga oldi, deya xabar bermoqda Marca nashri.
Yuqoridagi manbaga ko'ra, "matraschilar" Ramushni yaqin yozga mo'ljallangan transfer maqsadi sifatida belgilab olishgan.
Joriy mavsumda 24 yoshli portugaliyalik "PSJ" safida barcha musobaqalarda 28 ta o'yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 10 ta o'yin va bitta assist bor.
Transfermarkt internet portali Ramushning bozor narxini 35 mln evroga baholamoqda. Gonsalu 2024 yilda "Benfika"dan 65 million evro evaziga "PSJ"ga o'tgandi. Uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
438