Vinisius va Saloh bir jamoada o'ynashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 490

Saudiya klublari yozgi transferlar bozorida faol ishlashga tayyorgarlik ko'rmoqda. The Telegraph sahifalarida yulduz hujumchilar Vinisius Junior va Muhammad Saloh Saudiya Arabistoni klublarining asosiy nishoni ekani haqida material e'lon qilindi.
Qayd etilishicha, bungacha Salohga "Al-Ittihod" qiziqish bildirgan. 33 yoshli misrlik futbolchiga Jidda klubidan qiziqish saqlanib qolmoqda.
Aytish kerakki, 25 yoshli Vinisius haligacha "Real" bilan shartnomasini uzaytirmagan bo'lsa-da, Saudiya Arabistoni vakillariga uni o'z safiga qo'shib olish qiyin bo'ladi. Kuni kecha braziliyalik futbolchi Madrid superklubida o'ynashda davom etish istagini bildirgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
438