Pedri qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 460

"Barselona" yarimhimoyachisi Pedri jarohati tufayli bir oyni o'tkazib yuboradi.
Ispaniyalik futbolchi Chempionlar ligasining 7-turidan o'rin olgan "Slaviya"ga (4:2) qarshi o'yinda jarohat oldi. U uchrashuvning 61-daqiqasida zaxiraga olindi.
Tekshiruv natijalariga ko'ra, Pedriga o'ng sonning ikki boshli mushagi jarohati tashxisi qo'yilgan, deb xabar beradi "Barselona" matbuot xizmati. Xavbekning tiklanishi taxminan bir oy davom etishi kutilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
453