Kompani "Yunion" ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 411

"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Chempionlar Ligasi guruh bosqichidan o'rin olgan "Yunion"ga (2:0) qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bu Chempionlar Ligasi. Bu turnirda har doim ham oson bo'lmaydi. Birinchi bo'limda raqib yaxshiroq edi, deb aytmagan bo'lardim. Golli vaziyatlar bo'ldi, ammo tezlik etishmadi. Chetlatishga qaramay, ikkinchi bo'limda juda yaxshi o'ynadik.
Jamoa yaxshi munosabat bildirdi. Birinchi bo'limda etarlicha zo'r o'ynamadik, ammo tanaffusdan keyin yaxshi harakat qildik.
Raqiblar birinchi bo'limda bor kuchlarini ishga solishga harakat qilishmoqda. Ba'zan o'yin ikkinchi bo'limda ochiladi. Uchrashuv natijasi har doim ham birinchi bo'limda hal bo'lavermaydi", - dedi Vensan Kompani.

Bosh sahifaga
318