Mourino: "Benfika" ma'lum bo'limlarda "Yuventus"dan ustunlik qildi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 406

"Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourino Chempionlar Ligasi guruh bosqichidan o'rin olgan "Yuventus"ga (0:2) qarshi o'yindagi mag'lubiyat haqida gapirdi.
Portugaliya jamoasi raqib darvozasiga 16 ta zarba yo'lladi, shundan 3 tasi aniq.
"Ular gol urishdi, biz esa yo'q. "Yuventus" va biz o'rtamizdagi farq mana shu.
"Benfika" o'yinning katta qismida yaxshi bo'ldi. Uchrashuvning ayrim vaziyatlarida ustunlik qildik, ammo afsuski, gol ura olmadik.
Juda kuchli raqibga qarshi ajoyib o'yin o'tkazdik, variantlar kam, zaxira o'rindig'ida yoshlar ko'p edi. Bu futbol. Buni qabul qilish kerak", - dedi Joze Mourino.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
316