"Real" ketma-ket uchinchi yil futbol klublarining daromadlari bo'yicha jahon reytingida etakchilik qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 354

"Real" yana futbol klublari o'rtasida daromadlar bo'yicha jahon etakchisiga aylandi.
Deloitte auditorlik kompaniyasi dunyo futbol klublarining 2024/25 yilgi mavsumdagi daromadlarini tahlil qildi.
"Real" ketma-ket uchinchi marta reyting etakchisiga aylandi - o'tgan mavsumda klub 1,161 mlrd evro ishlab oldi. Madridliklarning o'tgan hisobot davridagi daromadi 1,046 milliard evroni tashkil etdi - "Real" bir yil ichida 1 milliard evrodan ko'proq pul ishlashga muvaffaq bo'lgan tarixdagi birinchi klubga aylandi.
Qayd etilishicha, "Real"ning tijoriy daromadlari o'tgan mavsumga nisbatan 23 foizga - 593,6 mln evroga o'sgan, bunga tovarlar savdosining yaxshilanishi va yangi tijoriy hamkorlarning paydo bo'lishi yordam bergan.
Shu bilan birga, klubning o'yin kunlaridagi daromadi 6 foizga kamayib, 232,5 million evroni tashkil etdi. TV-translyatsiyalarda "qaymoqranglilar" 334,9 million evro ishlab topdi.

Bosh sahifaga
307