"Aston Villa" "Barselona" hujumchisi uchun 60 million evro berishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 421

"Barselona" hujumchisi Ferran Torres Angliyaga qaytishi mumkin.
Fichajes nashri xabariga ko'ra, forvardni "Aston Villa" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Ingliz klubi ispaniyalik futbolchining transferi uchun 60 million evro berishga tayyor.
Ferran Torres 2022 yilda "Manchester Siti"dan 55 million evro evaziga "Barselona"ga o'tgandi. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.
Joriy mavsumda hujumchi "ko'k-anorranglilar" safida barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali Ferran Torresning narxini 50 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
314