"Aston Villa" va "Yuventus" hujumchi uchun kurash olib boradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 546

Marokashlik hujumchi Yussef En-Nesiri Istanbulning "Fenerbaxche" klubini tark etib, faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Fabritsio Romano ma'lum qildi.
Manbaga ma'lum bo'lishicha, 28 yoshli futbolchini Birmingemning "Aston Villa" klubi o'z safiga qo'shib olmoqchi. Afrikalik futbolchi uchun kurashda inglizlarning asosiy raqibi Turinning "Yuventus" klubi hisoblanadi. Tez orada En-Nesiri faoliyatini davom ettirishning ustuvor variantini aniqlab oladi.
Turkiya chempionatining joriy mavsumida marokashlik 15 ta uchrashuv o'tkazib, o'z hisobiga ettita gol yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
321