Palmer "Chelsi"dan "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 522

"Chelsi" yarimhimoyachisi Koul Palmer "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin.
Jurnalist Den Kingning yozishicha, xavbek "MYu"ga o'tish variantini ko'rib chiqishga tayyor. Futbolchi bolaligidan "qizil iblislar"ga muxlislik qiladi. Shuningdek, Palmerga Londondagi hayot unchalik yoqmaydi, u Manchesterdagi do'stlarini sog'inadi.
Qayd etilishicha, "Manchester Yunayted" Palmer uchun yarimhimoyachi Manuel Ugarte va 20 million funt berishga tayyor.
Koul Palmer 2023 yilda "Manchester Siti"dan 47 million evro evaziga "Chelsi"ga o'tgandi. Uning "ko'klar" bilan shartnomasi 2033 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Yarim himoyachi joriy mavsum 13 ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
318