Salohga o'rinbosar uchun "Liverpul" 100 million evro tayyorlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 67

Huquqlari Germaniyaning "RB Leyptsig" klubiga tegishli bo'lgan hujumkor yarim himoyachi Yan Diomande Angliya premer-ligasining top-klublaridan birining transfer maqsadi bo'lib turibdi.
Caught Offside jurnalistlari tarqatgan xabarga ko'ra ivuarlik futbolchining transferini "Liverpul" rasmiylashtirmoqchi. Mersisayd grandi rahbariyati Diomandening transferi uchun taxminan 100 million evro berishga tayyor. U "qizillar" safida misrlik Muhammad Salohning o'rnini egallashi mumkin.
Germaniya Bundesligasining joriy mavsumida 19 yoshli vinger 16 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Diomande 6 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
315