"Manchester Yunayted" "Barselona" yarim himoyachisini olib ketmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 960

"Qizil iblislar" rahbariyatining qiziqishlari doirasiga Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Mark Kasado tushib qoldi, deya xabar bermoqda Mundo Deportivo.
"Qizil iblislar"ning 22 yoshli futbolchi uchun raqobatchisi Madridning "Atletiko" klubi hisoblanadi. Manbaning qayd etishicha, mankunianliklar Kasado vakillari bilan muzokaralarga kirishgan.
"Ko'k-anorranglilar" tarbiyalanuvchisi Transfermarkt portali jurnalistlari tomonidan 25 million evroga baholanmoqda. Markning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi muddati 2028 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.
Yarim himoyachi La Liganing joriy mavsumida 13 ta uchrashuv o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
319