"Yuventus" "Al-Ahli" yarim himoyachisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 362

"Al-Ahli" yarim himoyachisi Frank Kessi Italiyaga qaytishi mumkin.
Jurnalist Janluka Di Martsioning ma'lum qilishicha, ivuarlik futbolchini "Yuventus" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Turin klubi xavbek transferi ustida ish olib bormoqda. "Yuventus" yozgi transferlar davrida Kessini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Frank Kessi 2023 yilda "Barselona"dan 12 million evro evaziga "Al-Ahli"ga o'tgandi. Uning shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi Saudiya klubi safida 21 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
322