Fermin "Barselona"ning Chexiyadagi g'alabasiga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14

Kataloniyaning "Barselona" klubi xavbeki Fermin Lopes Evropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 7-turidan o'rin olgan Chexiyaning "Slaviya" jamoasiga qarshi safar o'yinidan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Unda "ko'k-anorranglilar" 4:2 hisobida g'alaba qozondi.
"Sovuq ob-havo tufayli bizga oson bo'lmadi. Avvaliga hisobni tenglashtirdik, keyin esa hisobda oldinga o'ta boshladik. Natijada "Barselona" 3 ochkoni qo'lga kiritdi. Bu jamoamiz uchun yaxshi o'yin bo'ldi. Darvozani daxlsiz saqlash oson bo'lmadi, lekin asosiysi - natija", - deya ispaniyalik futbolchining so'zlarini keltiradi Barca Blaugranes.
"Barselona" 13 ochko jamg'arib, Chempionlar ligasi turnir jadvalida 9-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
322