Hujumchi Rahim Sterling "Chelsi"ni tark etishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 517

MatchDay Central xabariga ko'ra, hujumchi Angliya premer-ligasida qolishni istamoqda.
Futbolchiga "Vest Xem" va "Kristal Pelas" klublari qiziqish bildirmoqda. Sterlingning "Chelsi" bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Uning ish haqi haftasiga 350 000 funt sterlingni tashkil qiladi. "Ko'klar" futbolchiga umid qilmayapti.
Rahim Sterling 2022 yilda "Manchester Siti"dan 56 million evro evaziga "Chelsi"ga o'tgandi. Joriy mavsumda 31 yoshli hujumchi London klubi safida birorta ham o'yinda maydonga tushmadi. Futbolchi "ko'klar"ning asosiy jamoasi bilan mashg'ulot o'tkazmayapti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
322