Pochettino ikkinchi marta "Tottenxem"ni boshqarishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26

AQSh terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Tottenxem"ga qaytishga tayyor.
Jurnalist Ben Jeykobsning ma'lum qilishicha, argentinalik mutaxassis yana Angliya premer-ligasida murabbiylik qilmoqchi. U "Tottenxem"ga qaytishdan mamnun bo'lardi, ammo 2026 yilgi jahon chempionati tugaganidan keyin. "Shporlar" Tomas Frankni mavsum oxirigacha iste'foga chiqarsa, bosh murabbiylikka boshqa nomzodni ko'rib chiqishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Maurisio Pochettino 2014-2019 yillarda "Tottenxem"ga ustozlik qilgan. Uning qo'l ostida London klubi 2018/19 yilgi mavsumda Chempionlar ligasi finaliga chiqdi, shuningdek, 2015/16 yilgi mavsumda APLda ikkinchi o'rinni egalladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
322