"PSJ" "Bavariya" futbolchisi uchun 100 million evro berishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42

"Bavariya" yarimhimoyachisi Maykl Olise faoliyatini Frantsiyada davom ettirishi mumkin.
Ekrem Konurning ma'lumotiga ko'ra, vingerni "PSJ" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Parij klubi yozda Olisening transferi uchun myunxenliklarga 100 million evro taklif qilishga tayyor. "Bavariya" futbolchini saqlab qolish niyatida va unga yangi yaxshilangan shartnoma tayyorlamoqda.
Maykl Olise 2024 yilda "Kristal Pelas"dan 53 million evro evaziga "Bavariya"ga o'tgandi. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.
Vinger joriy mavsum Myunxen klubi safida barcha musobaqalarda 29 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 21 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali frantsuzning narxini 130 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
427