"Nottingem" yarim himoyachisiga to'rtta top-klub qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 492

"Nottingem" yarimhimoyachisi Elliot Anderson top-klubga o'tishi mumkin.
CaughtOffside xabariga ko'ra, 23 yoshli futbolchini "Manchester Siti" o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Shaharliklar" vakillari allaqachon futbolchining agenti bilan bog'langan. Shuningdek, xavbekni "Manchester Yunayted," "Chelsi" va "Bavariya" ham kuzatib bormoqda.
Elliot Anderson "Nottingem"ga 2024 yilda "Nyukasl"dan 41 million evro evaziga o'tgandi. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.
Joriy mavsumda yarim himoyachi klub safida barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermark portali Andersonni 60 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
414