Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun nomzodlar e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 342

UEFA matbuot xizmati Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun nomzodlarni ma'lum qildi.
Ular qatoriga «Real» hujumchisi Vinisius, «Atletik» yarim himoyachisi Robert Navarro, «Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopes hamda «Sporting» forvardi Luis Suares kirdi.
Vinisius «Monako»ga qarshi uchrashuvda (6:1) bir gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Navarro «Atalanta» bilan o'yinda (3:2) bir gol va 2 ta assist qayd etdi.
Fermin «Slaviya»ga qarshi bahsda (4:2) dubl muallifi bo'ldi.
Suares esa «PSJ» darvozasiga ikki bor yo'l topdi (2:1).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
439