Igor Golban: «Andijon»ning rejalari hamda vazifalari menga yoqdi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1608

Yangi mavsumda "Andijon" sharafini himoya qiladigan tajribali himoyachi Igor Golban klub matbuot xizmatiga o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Andijon” jamoasidan tushgan taklifdan xursand bo'ldim. Klubning oldiga jiddiy maqsadlar qo'yilgan va bu yo'lda men ham qo'limdan kelganicha yordam berishga tayyorman. Yangi jamoaga hamda muhitga moslashish juda yaxshi kechmoqda.
Klubning rejalari hamda vazifalari menga yoqdi. Tarkib ham kuchaytirilyapti. Antaliyadagi yig'inimiz ham murabbiylarning ko'rsatmalari asosida davom etmoqda. Biz bu erdan chempionatga optimal formada etib boramiz. Barchamiz yangi mavsumda muxlislarimizni xursand qilish uchun bor kuchimizni ishga solamiz», — dedi Golban.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
427