Slot Karragerning tanqidiga javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2236

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot mersisaydliklar sobiq futbolchisi Jeymi Karragerning tanqidiy fikrlariga javob qaytardi.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, Karrager barcha mutaxassislar kabi doimiy ravishda o'yin sxemasini o'zgartirishni maslahat beradi va "Liverpul" murabbiylar shtabini nohaq tanqid qiladi.
"Biz uchta gol urdik va endi Jeymi kabi odamlar bizga nisbatan ijobiy kayfiyatda. "Byornli"ga qarshi o'yindan (1:1) keyin ijobiy kayfiyatda eding deb o'ylamayman. Shunday emasmi, Jeymi?" - deya Slotidan iqtibos keltiradi CBS.
Kecha, 21 yanvar kuni Slott jamoasi Chempionlar ligasi doirasida "Marsel" ustidan yirik hisobda g'alaba qozondi. Inglizlar frantsuz klubiga javobsiz 3ta gol urishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
424