"Real" va "Barselona" klublarining sobiq futbolchisi vafot etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1583

Frantsiya terma jamoasi, "Real" va "Barselona" klublarining sobiq yarim himoyachisi Lyusen Myuller 91 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda futbolchi faoliyatini boshlagan "Strasburg" klubi matbuot xizmati.
O'lim sababiga aniqlik kiritilmagan.
Myuller "Real", "Barselona" va "Strasburg"dan tashqari "Tuluza" va "Reyms" klublarida ham o'ynagan. "Reyms" tarkibida xavbek ikki marta Frantsiya chempioni bo'lgan. "Real" bilan birga futbolchi uch marta Ispaniya chempionligini qo'lga kiritgan.
Myuller futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiy bo'ldi, Ispaniyaning "Kastelon", "Burgos", "Saragosa", "Barselona", "Malorka" klublarida ishladi. Shuningdek, u "Monako"ni boshqargan va u bilan Frantsiya kubogini qo'lga kiritgan.

Bosh sahifaga
527