APLda 22-turining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 606

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Angliya chempionati yigirma ikkinchi turining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda APL matbuot xizmati xabar berdi.
O'tgan dam olish kunlari "Manchester Yunayted" derbida "Manchester Siti"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Brunu Fernandesh Brayan Mbeumoning goliga assistentlik qildi.
Aytish kerakki, Fernandesh mavsumda uchinchi marta Premer-ligada turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
"Manchester Yunayted" Angliya chempionati turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda. Maykl Kerrik jamoasi keyingi turda "Arsenal" mehmoni bo'ladi. O'yin 25 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
528