"MYu" vakillari Reshford bilan uchrashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 696

"Manchester Yunayted" vakillari o'tgan dam olish kunlari Ispaniyada bo'lishdi. FootballTransfers’ga ma'lum bo'lishicha, "qizil iblislar" "Barselona" bilan hujumchi Markus Reshford masalasini muhokama qilishgan.
Reshford bo'yicha muzokaralar aynan qanday bo'lgani noma'lum, ammo "Manchester Yunayted"da futbolchining qaytishi masalasi muhokama qilinayotgani taxmin qilinmoqda.
Markus Reshford "Barselona"da ijarada o'ynamoqda. Kataloniyaliklar 28 yoshli inglizni 35 million evroga sotib olish imkoniyatiga ega, ammo klubning moliyaviy muammolari to'siq bo'lishi mumkin.
"Barselona" safida 29 ta o'yinda Reshford 8 ta gol urdi va sheriklariga 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
302