Luis Enrike shaxsan o'zi Barselonaga borib, Droni «PSJ»ga o'tishga rozi qilgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 709

Yosh yarim himoyachi Dro Fernandes yaqin kelajakda "Barselona"dan "PSJ"ga o'tishi mumkin. Avvalroq, 18 yoshli futbolchi shartnomasini sotib olish orqali Kataloniya klubini tark etishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ispaniyaning Sport nashriga tayanib The Touchline nashrining xabar berishicha, "PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike shaxsan o'zi Barselonaga borib, Dro Fernandesni Parij klubiga o'tishga ko'ndirgan. Mutaxassis Droning "PSJ"da o'yin amaliyotiga ega bo'lishiga va'da berdi.
Ma'lumot uchun, "PSJ" 2025 yilda oltita sovrinni qo'lga kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
294