"Manchester Yunayted" 75 mln evrolik ispaniyalik futbolchini kuzatmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1104

"Manchester Yunayted" vakillari dam olish kunlari Ispaniya chempionati doirasidagi "Real Sosedad" - "Barselona" uchrashuviga tashrif buyurishdi. FootballTransfers nashri tarqatgan xabarga ko'ra "qizil iblislar" "Real Sosedad" forvardi Mikel Oyarsabalni kuzatishgan.
Vaziyatdan xabardor manbalar 28 yoshli Oyarsabalga "Manchester Yunayted" "jiddiy qiziqish bildirayotganini" aytmoqda. Futbolchining "Real Sosedad" bilan shartnomasida uni 75 million evroga sotib olish bandi ko'rsatilgan.
Mikel Oyyarsabal butun faoliyatini "Real Sosedad"da o'tkazgan va hozirda jamoa sardori hisoblanadi. Joriy mavsumda forvard 19 ta o'yinda maydonga tushib, oltita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
294